Raqobat strategiyalari nima?
Raqobat strategiyasi — bu kompaniyalar bozorda ustunlikka erishish uchun qo'llaydigan bir biriga qaratilgan reaksiyaslar va yondashuvlar. Maykl Porter o'zining "Raqobat strategiyasi" kitobida kompaniyalar muvaffaqiyatga erishish uchun foydalanishlari mumkin bo'lgan uchta asosiy strategiyani ajratib ko'rsatgan:
1. Xarajatlarni minimallashtirish (Cost Leadership)
- Ma'nosi: Kompaniya sanoatdagi eng past xarajatlar bilan ishlab chiqaruvchiga aylanishga intiladi. Ya’ni, bozorda faqat eng past narx bilan va doimiy narxlarni optimallashtirish bilangina bozorda ulush olishga intiladi. Bunaqa kompaniyalarning boshqa raqobatchilardan asosiy ustunligi, o’sha narxni optimallashtirish bo’yicha ishlab chiqqan modelidagina bo’ladi.
- Qanday erishiladi:
- Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish
- Ishlab chiqarish hajmini oshirish
- Xarajatlarni kamaytirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
- Qo'shimcha xarajatlarni minimallashtirish
- Misollar: Walmart, IKEA, Ryanair.
- Afzalliklari:
- Past narxlarni belgilash va ko'proq mijozlarni jalb qilish imkoniyati.
- Raqobatchilarning bosimiga chidamlilik.
- Xavflar:
- Mahsulot sifati pasayishi.
- Texnologiyalar yoki xom ashyo narxlaridagi o'zgarishlarga sezgirlik (ya’ni xom ashyodagi narx o’zgarsa, oz’ining mahsuloti qimmatlashi hisobiga, bu kompaniyaning bozordagi ustunligi butunlay yo’qolib ketishi mumkin)
2. Differensatsiya (Differentiation)
- Ma'nosi: Kompaniya raqobatchilarning takliflaridan farq qiladigan va qimmatli hisoblanadigan noyob mahsulot yoki xizmatni taklif etadi. Ya’ni, bozorda qachonki bir xil mahsulotlar (yoki alternativlar) ko’payib ketsa, u mahsulotni qammatroqqa sotishning yoki ba’zida sota olishning asosiy chorasi, unga qanday unikal qiymat qo’shish va boshqalardan ajratib qo’yishdir. Yoki yanada oddiyroq turi bozorda hech kimda yo’q mahsulot taklif qilish. Birinchi bo’lib bozorni ochib berish.
- Qanday erishiladi:
- Noyob dizayn, sifat, brend yoki texnologiyalar.
- Mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish.
- Innovatsiyalar va ijodkorlik.
- Misollar: Apple (noyob dizayn va ekotizim), Tesla (innovatsion elektromobillar), Starbucks (premium tajriba).
- Afzalliklari:
- Yuqori narxlarni belgilash imkoniyati.
- Mijozlarning sodiqligi.
- Xavflar:
- Tadqiqot va ishlanmalarga yuqori xarajatlar.
- Raqobatchilar tomonidan nusxa ko'chirish xavfi.
3. Fokuslanish (Focus)